⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga!
❗️ To‘lovni amalga oshirishni unutmang!
Bugun, 16-oktabr kuni biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 24 soat ichida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.
📌 Masalan, bugun soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor ertaga, 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
❌ Belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, talabgorning arizasi bekor qilinadi va bo‘shagan o‘ringa boshqa talabgor ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
☑ Shu sababli to‘lovni bugunning o‘zida amalga oshirish tavsiya etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11551
15K