TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #11544 19.7K
❗️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar

Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;

👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:

➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Ayrim savollarga javoblar:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 16, 2026⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga! ❗️ To‘lovni amalga oshi…
  2. Oct 16, 2026📢 Bugundan 4 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!…
  3. Oct 16, 2026#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyo…
  4. Oct 16, 2026📣 Arizalar qabuli boshlandi! Yetakchi bo‘lishni xohlaysizmi? Buni sinfxonadan boshlang. T…
  5. Oct 15, 2026‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o…
  6. Oct 15, 2026⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasiga ariza berish bo'yicha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →