TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #11549 10.1K
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 16, 2026📣Xalqaro malaka oshirish kursi: Finlandiya va Shvetsiya tajribasi 🔹Pedagog kadrlar uchun…
  2. Oct 16, 2026#Suniy_intellekt #ICIST2026 Sun’iy intellekt ta’limni qanday o‘zgartiradi? Toshkentda xalq…
  3. Oct 16, 2026⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga! ❗️ To‘lovni amalga oshi…
  4. Oct 16, 2026📢 Bugundan 4 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!…
  5. Oct 16, 2026📣 Arizalar qabuli boshlandi! Yetakchi bo‘lishni xohlaysizmi? Buni sinfxonadan boshlang. T…
  6. Oct 15, 2026‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →