TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

@uztdi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Subscribers
153K
Photos
4.6K
Videos
1.1K
Links
7.5K
Recent Posts 14 shown
Post #11521 6.75K
⚡️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

Prezidentning 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🌐 Arizalarni topshirish https://my.uzbmb.uz manzili orqali amalga oshiriladi.

👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov qanday o‘tkaziladi?

📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.

🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.

‼️ Muhim! Tanlovt natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

📌 Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.

👍 Barchaga omad tilaymiz!

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11520 13.3K
❗️Asosiy olimpiadaning tuman bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi

Bugun, 10-oktyabr kuni soat 23:59 da 2026–2027-o‘quv yilgi Asosiy olimpiadaning II — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki ro‘yxatdan o‘tish jarayonini to‘liq yakunlamagan ishtirokchilar olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida qatnasha olmaydi.
 
Olimpiadada ishtirok etish uchun ta’lim muassasasi direktori tomonidan ariza yuborilishi va ishtirokchi olimpiada.uzedu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
 
Ishtirokchilar olimpiada auditoriyasiga faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat va platformadan yuklab olingan ruxsatnoma bilan kirishga ruxsat beriladi.

Ta’lim muassasasi direktori uchun ariza yuborish yo‘riqnomasi — bu yerda
 
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, Fan olimpiadalari markazining maxsus boti yoki +998 71 207 05 24 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11519 9.69K
8529417.pdf1.2 MB
❗️Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Hukumatning qarori bilan (552-son, 09.10.2026-y.) kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi tugatilib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi.

Ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.

Sinovlar 2 bosqichda jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi:
• 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball);
• 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball).

Sertifikat olish uchun nomzod har ikkala bosqichning har birida kamida 70 foizdan to‘plab, umumiy 70 ball yoki undan yuqori natija ko‘rsatishi shart.

Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Unda ham o‘ta olmasa, mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

O‘quvchilari xalqaro yoki respublika kasbiy tanlovlarida 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi.

Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi, ixtiyoriy (navbatdan tashqari) topshirganda esa BHMning 3 baravari miqdorida yig‘im olinadi (YIDXP yoki platforma orqali murojaat qilinsa, 10% chegirma mavjud).

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11518 15.8K
O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🔷Ta’lim va ilm-fan vazirligi
joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.


🔷Ta’limni rivojlantirish markazi
ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.


🔷Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh
mamlakatdagi o‘n mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.


🔷Prezident Administratsiyasi
global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi.


✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11517 20.1K
Ta'lim nazorati #RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi. E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab…
⚡️Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Saida Mirziyoyevaga sohadagi yangi vazifalarni samarali tashkillashtirish yuklatildi

Shuningdek, tegishli farmon bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Prezident Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11516 38.2K
#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11515 20.5K
Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi

🔰Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan.
 
Mazkur toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravaridan oshmasligi kerak.
 
✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini subsidiya orqali qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagan.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11514 17.2K
⚡️Tarixdan BEPULGA SERTIFIKAT

Xa to'g'ri eshitmoqdasiz Tarixdan milliy sertifikatga bepul holatda tayyorlab beramiz

"TARIX ONLINE" nomli loyiha qilganmiz va u yerda har kuni bepul darslar va materiallar tashkillaymiz

Sizning ham yo'nalishingizda aniq Tarix bor bu juda muhim shuning uchun tezroq qo'shiling👇

TARIXDAN SERTIFIKAT OLISH
TARIXDAN SERTIFIKAT OLISH


❗️Shoshiling darslarni boshlaymiz va bir necha soatdan keyin qabul qilmaymiz👆
Post #11511 31.7K
⚡️Yangi vazirlikda takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy boshqarmalar mas’uliyati kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda yangi vazirlik faoliyatini joylardagi haqiqiy holatga tayanib tashkil etish, takrorlanuvchi vazifalarni qisqartirish va hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyatini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Boshqaruvni raqamlashtirish va tahliliy salohiyatni oshirish qarorlarni ishonchli ma’lumotlar asosida qabul qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Taqdimotda maktab ta’limiga oid qator muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Xususan:

➖ o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish;
➖ pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanish;
➖ darsliklarni yangilash, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish;
➖ ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim berish tajribasini yo‘lga qo‘yish;
➖ ta’limda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari ta’limning bog‘chadan oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlari yagona vertikal sifatida ishlashi, ayniqsa, maktab va universitet o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11510 13.6K

Forwarded from Sinovtest.uz

📣Attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari diqqatiga!

📌Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar o‘rtasida onlayn musobaqa tashkil etilmoqda.

🔹 Musobaqa attestatsiya imtihonlari namunasidagi testlar asosida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar attestatsiyaga tayyorgarlik darajasini sinab ko‘rish, natijalarini boshqa pedagoglar bilan solishtirish va reytingda yuqori o‘rinlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

➡️G‘oliblar maxsus statuetka va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadilar.

📅 Ertaga, payshanba kuni
⏰ 16:00 dan 23:59 gacha


📎Musobaqa Sinovtest.uz saytida bo‘lib o‘tadi. Undan yanada qulayroq foydalanish uchun ilovani yuklab olishingiz mumkin.

✌️Obuna bo‘ling - @sinovtestuz
Post #11509 17.8K
⚡️Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

☑️ imtihonning yozma qismi – 10-11-oktyabr kunlari;

🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan
23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.

🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.

⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

⛳️ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-10-07-2

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11504 19.9K
AQSHlik ekspertlar pedagoglar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda

6–8-oktabr kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusida uch kunlik xalqaro o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda har bir hududiy pedagogik mahorat markazidan 4 nafardan mutaxassis (jami 50 dan ortiq) ishtirok etmoqda. Ular seminar davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini keyinchalik o‘z hududlaridagi boshqa pedagoglarga ham o‘rgatadi.

📌 Dastur davomida ishtirokchilar:
— generativ sun’iy intellektdan darslarni rejalashtirishda foydalanish;
— AI yordamida baholash topshiriqlari va mezonlarini ishlab chiqish;
— samarali promptlar tuzish;
— o‘quvchiga yo‘naltirilgan darslarni loyihalash;
— pedagoglar uchun onlayn kurslar va qisqa o‘quv modullarini yaratish;
— onlayn ta’limda interfaol vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.


Eslatib o‘tamiz, Ta’limni rivojlantirish markazi va Jorjtaun universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2025-yil oktabr oyida Markaz vakillarining AQShga tashrifi davomida yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik Jorjtaun universitetining “Global Engagement Faculty Grants” dasturi doirasida O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyiha uchun grant ajratilgan.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11503 16.4K
❗️Ta’lim kreditini ONLAYN rasmiylashtirish mumkin

📌 Kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar Xalq bankining imtiyozli Ta’lim kreditiga "xazna" ilovasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Kredit shartlari:
🔵 talaba xotin-qizlar uchun — 0%;
🔵 talaba yigitlar uchun — 14%;
🔵 imtiyozli davr — o‘qish davri + 6 oy;
🔵 asosiy qarz o‘qish muddati tugaganidan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.


✔️ Ta’lim krediti davlat, xususiy va xorijiy oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida kontrakt asosida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga ajratiladi.

🔍 Ta’lim kreditini xazna orqali rasmiylashtirish bosqichlari bu yerda.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11502 17.3K
🎉 Sinovtest.uz foydalanuvchilari uchun quvonchli yangilik!

Foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Sinovtest.uz’ning mobil ilovasi ishlab chiqildi va Google Play’ga joylashtirildi.

Endi turli testlarni ishlash va imtihonlarga tayyorlanish uchun Sinovtest.uz’dan mobil ilova orqali ham foydalanish mumkin.

📚 Ilovada:
➡️ pedagoglar attestatsiyasi testlari;
➡️ milliy sertifikat imtihoni testlari;
➡️ OTMga kirish testlari;
➡️ nostrifikatsiya imtihoni testlari;
➡️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov testlari mavjud.

🎁 Yana bir yangilik: kelgusida Sinovtest.uz xizmatlaridan aynan mobil ilova orqali foydalanuvchilar uchun maxsus chegirmalar va takliflar joriy etish ham rejalashtirilgan.

📱 Android foydalanuvchilari ilovani Google Play orqali yuklab olishlari mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.sinovtest.mobile

Sinovtest.uz — endi mobil ilovada ham!

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Older posts →

About this channel

How can I read @uztdi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ta'lim nazorati: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ta'lim nazorati have?
Ta'lim nazorati (@uztdi) has 153K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ta'lim nazorati know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →