TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 153K subscribers
Post #11519 12.7K
8529417.pdf1.2 MB
❗️Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Hukumatning qarori bilan (552-son, 09.10.2026-y.) kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi tugatilib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi.

Ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.

Sinovlar 2 bosqichda jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi:
• 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball);
• 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball).

Sertifikat olish uchun nomzod har ikkala bosqichning har birida kamida 70 foizdan to‘plab, umumiy 70 ball yoki undan yuqori natija ko‘rsatishi shart.

Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Unda ham o‘ta olmasa, mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

O‘quvchilari xalqaro yoki respublika kasbiy tanlovlarida 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi.

Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi, ixtiyoriy (navbatdan tashqari) topshirganda esa BHMning 3 baravari miqdorida yig‘im olinadi (YIDXP yoki platforma orqali murojaat qilinsa, 10% chegirma mavjud).

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 11, 2026Malaka toifasini olish uchun malaka oshirish sertifikati TALAB QILINMAYDI (CHQTB fani o‘qi…
  2. Oct 10, 2026⚡️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga a…
  3. Oct 10, 2026❗️Asosiy olimpiadaning tuman bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi? 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🔷Ta’lim va…
  5. Oct 9, 2026⚡️Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm…
  6. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →