TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #11522 10K
Malaka toifasini olish uchun malaka oshirish sertifikati TALAB QILINMAYDI (CHQTB fani o‘qituvchilari bundan mustasno)!

❓Savol: ✍️ Men maktabgacha ta’lim tashkilotida metodistman (direktor o‘rinbosari). O‘qishni 2019-yili tugatganman. 2020-yili ishga kirdim. Shu kungacha malaka oshirishga bormaganman. Shunda ham attestatsiyada qatnasha olamanmi? Eshitishim bo‘yicha faqat malaka oshirganlar toifa olishda qatnashar ekan, shu to‘g‘rimi?

Javob: Bu noto‘g‘ri! Siz toifa olishingiz uchun malaka oshirishdan o‘tgan bo‘lishingiz talab qilinmaydi.
Asos: Nizomning 23-bandi (yangi tahrirda).
Bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda Nizomga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

📌 So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

📍 Pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

📍 Qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

📍 Pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

📌 Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Zaruratga ko‘ra, ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida pedagog kadrdan quyidagi qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin:
➖ Pedagogning familiyasi yoki ismi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
➖ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasdan navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb qilinishiga asos bo‘ladigan hujjatlar;
➖ Pedagog kadrlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan, malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.

🔹Attestatsiyada ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatida malaka oshirish sertifikati ko‘rsatilmagan.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 10, 2026⚡️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga a…
  2. Oct 10, 2026❗️Asosiy olimpiadaning tuman bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi…
  3. Oct 10, 2026❗️Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi jori…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi? 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🔷Ta’lim va…
  5. Oct 9, 2026⚡️Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm…
  6. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →