⚡️Yangi vazirlikda takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy boshqarmalar mas’uliyati kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda yangi vazirlik faoliyatini joylardagi haqiqiy holatga tayanib tashkil etish, takrorlanuvchi vazifalarni qisqartirish va hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyatini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Boshqaruvni raqamlashtirish va tahliliy salohiyatni oshirish qarorlarni ishonchli ma’lumotlar asosida qabul qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Taqdimotda maktab ta’limiga oid qator muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Xususan:
➖ o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish;
➖ pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanish;
➖ darsliklarni yangilash, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish;
➖ ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim berish tajribasini yo‘lga qo‘yish;
➖ ta’limda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari ta’limning bog‘chadan oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlari yagona vertikal sifatida ishlashi, ayniqsa, maktab va universitet o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11511
32.9K


