TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 153K subscribers
Post #11504 20K
AQSHlik ekspertlar pedagoglar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda

6–8-oktabr kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusida uch kunlik xalqaro o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda har bir hududiy pedagogik mahorat markazidan 4 nafardan mutaxassis (jami 50 dan ortiq) ishtirok etmoqda. Ular seminar davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini keyinchalik o‘z hududlaridagi boshqa pedagoglarga ham o‘rgatadi.

📌 Dastur davomida ishtirokchilar:
— generativ sun’iy intellektdan darslarni rejalashtirishda foydalanish;
— AI yordamida baholash topshiriqlari va mezonlarini ishlab chiqish;
— samarali promptlar tuzish;
— o‘quvchiga yo‘naltirilgan darslarni loyihalash;
— pedagoglar uchun onlayn kurslar va qisqa o‘quv modullarini yaratish;
— onlayn ta’limda interfaol vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.


Eslatib o‘tamiz, Ta’limni rivojlantirish markazi va Jorjtaun universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2025-yil oktabr oyida Markaz vakillarining AQShga tashrifi davomida yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik Jorjtaun universitetining “Global Engagement Faculty Grants” dasturi doirasida O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyiha uchun grant ajratilgan.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 10, 2026⚡️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga a…
  2. Oct 10, 2026❗️Asosiy olimpiadaning tuman bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi…
  3. Oct 10, 2026❗️Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi jori…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi? 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🔷Ta’lim va…
  5. Oct 9, 2026⚡️Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm…
  6. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →