TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 151K subscribers
Post #11560 13.4K
Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan “sakrab” o‘tib bo‘lmaydi

Savol: Men 2025-yilda universitetni tugatib, maktabga ishga kirdim, toifam mutaxassis. 2026-yil yanvar–iyun oylarida bo‘ladigan attestatsiyaga navbatdan tashqari qatnashish uchun hujjat topshirdim. Murojaatim qabul qilindi. Men toifa testlarida 70 balldan yuqori to‘plasam, menga 1-toifa beriladimi yoki 2-toifami?

Javob: Nizomning 44-bandi: Ikkita bosqich natijalariga ko‘ra:

g) mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

➖60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

➖55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;

➖55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Malaka toifalarini oshirish yoki tushirish bosqichma-bosqich, ya’ni bir pog‘ona ko‘tarish yoki bir pog‘ona tushirish orqali amalga oshiriladi (alohida yutuqlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladigan malaka toifalari bundan mustasno).

Attestatsiyaga tayyorlanish uchun testlar: 👉 👨‍🎓 sinovtest.uz

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 18, 2026📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi ✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta…
  2. Oct 18, 2026Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining…
  3. Oct 17, 2026⭕️ Attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar diqqatiga! Sinovtest.uz saytidagi na…
  4. Oct 16, 2026❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi! 👨‍💻 2026-yil noyabr…
  5. Oct 16, 2026⚡️Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshi…
  6. Oct 16, 2026📣Xalqaro malaka oshirish kursi: Finlandiya va Shvetsiya tajribasi 🔹Pedagog kadrlar uchun…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →