TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 151K subscribers
Post #11562 8.1K
Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish belgilandi.

Mazkur qaror mamlakatda yengil sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish hamda milliy moda sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi (Achadémie internationale de choupe de Paris) oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etiladi.

Akademiyada oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda, oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 18, 2026📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi ✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta…
  2. Oct 17, 2026⭕️ Attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar diqqatiga! Sinovtest.uz saytidagi na…
  3. Oct 17, 2026Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan “sakrab” o‘tib bo‘lmaydi Sav…
  4. Oct 16, 2026❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi! 👨‍💻 2026-yil noyabr…
  5. Oct 16, 2026⚡️Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshi…
  6. Oct 16, 2026📣Xalqaro malaka oshirish kursi: Finlandiya va Shvetsiya tajribasi 🔹Pedagog kadrlar uchun…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →