TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #11558 11.8K
⚡️Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi malakali kadrlarga bog‘liq. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda.

Prezidentimiz boshqa investorlarni ham o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etishga chaqirdi. Bunday tashabbuslar uchun investorlarga joylardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga tayyorlik bildirildi.

Kelasi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 16, 2026❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi! 👨‍💻 2026-yil noyabr…
  2. Oct 16, 2026📣Xalqaro malaka oshirish kursi: Finlandiya va Shvetsiya tajribasi 🔹Pedagog kadrlar uchun…
  3. Oct 16, 2026#Suniy_intellekt #ICIST2026 Sun’iy intellekt ta’limni qanday o‘zgartiradi? Toshkentda xalq…
  4. Oct 16, 2026⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga! ❗️ To‘lovni amalga oshi…
  5. Oct 16, 2026📢 Bugundan 4 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!…
  6. Oct 16, 2026#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →