TGViewer
TRM - Rasmiy kanal TRM - Rasmiy kanal @trm_uz · 4.93K subscribers
Post #3719 319
#ICIST2026
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalar” (ICIST–2026) xalqaro ilmiy konferensiyasi davom etmoqda.

Anjumanning ochilishida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Shaxzodbek Kurbaniyazov so‘zga chiqib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishda inson omili, ta’lim sifati va innovatsion yechimlarning amaliy samaradorligi ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“Bugun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ilm-fan, iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.

Ayniqsa, sun’iy intellekt ta’lim jarayonini individuallashtirish, pedagoglarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim natijalarini chuqur tahlil qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Shu bilan birga, raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi shunchaki yangi texnologiyalarni joriy etish emas, balki ta’lim sifati, samaradorligi va barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashdan iborat.

Bunda pedagogning o‘rni, inson omili, axborot xavfsizligi va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish tamoyillari ustuvor bo‘lib qolishi zarur.

Biz uchun muhim jihat, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim amaliyoti bilan uzviy bog‘lash, innovatsion yechimlarning amaliy samaradorligini ta’minlashdir”, — dedi Shaxzodbek Kurbaniyazov.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
More from @trm_uz
  1. Oct 18, 2026#haftadayjesti Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi faoliyatidagi haft…
  2. Oct 17, 2026#OAV_biz_haqimizda Toshkentda intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalarga bag‘ishl…
  3. Oct 16, 2026Ta’limni rivojlantirish markazi va American Councils hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmo…
  4. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  5. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  6. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →