TGViewer
TRM - Rasmiy kanal TRM - Rasmiy kanal @trm_uz · 4.93K subscribers
Post #3720 301
#ICIST2026
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalar” (ICIST–2026) xalqaro ilmiy konferensiyasi davom etmoqda.

Konferensiyaning ochilishida Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi Maharaja Agrasen texnologiya instituti vakili, konferensiya hamtashkilotchisi Mulchand Sharma xalqaro ilmiy hamkorlik, zamonaviy texnologiyalar sohasida tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdi.

“Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida ilm-fan rivojini xalqaro hamkorliksiz tasavvur qilish qiyin.

Ayniqsa, sun’iy intellekt, intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalar kabi tez rivojlanayotgan yo‘nalishlar turli mamlakatlar olimlarining bilim va tajribalarini birlashtirishni talab etmoqda.

Har bir mamlakatning o‘ziga xos ilmiy maktabi, tadqiqot tajribasi va texnologik imkoniyatlari mavjud.

Ana shu salohiyatni birlashtirish orqali biz murakkab muammolarga yanada samarali yechimlar topishimiz, ilmiy natijalarni amaliyotga tezroq olib kirishimiz mumkin.

ICIST–2026 konferensiyasi O‘zbekiston va Hindiston, shuningdek, boshqa mamlakatlar ilmiy jamoatchiligi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun muhim imkoniyatdir.

Bu yerda nafaqat ilmiy natijalar taqdim etiladi, balki kelgusidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ham shakllanadi.

Ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy loyihalarga jalb etish, ularning yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma izlanishlar uchun sharoit yaratish konferensiyaning muhim natijalaridan biri bo‘lishiga ishonaman”, — dedi Mulchand Sharma.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
More from @trm_uz
  1. Oct 18, 2026#haftadayjesti Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi faoliyatidagi haft…
  2. Oct 17, 2026#OAV_biz_haqimizda Toshkentda intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalarga bag‘ishl…
  3. Oct 16, 2026Ta’limni rivojlantirish markazi va American Councils hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmo…
  4. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  5. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  6. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →