TGViewer
TRM - Rasmiy kanal TRM - Rasmiy kanal @trm_uz · 4.94K subscribers
Post #3725 407
#ICIST2026
#Suniy_intellekt
#Xalqaro_hamkorlik

🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalar” (ICIST–2026) xalqaro ilmiy konferensiyasi davom etmoqda.

Anjumanning ochilishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti transformatsiya va xalqaro strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektori Jamshid Sultanov so‘zga chiqib, sun’iy intellekt va aqlli texnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladi.


“Bugun sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma va aqlli texnologiyalar jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab bermoqda.

Bu jarayonda universitetlar nafaqat zamonaviy bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashi, balki yangi ilmiy g‘oyalar va innovatsion yechimlar yaratiladigan markazlarga aylanishi zarur.

Ayniqsa, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish, universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yosh olimlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

ICIST–2026 konferensiyasi turli mamlakatlardan kelgan olimlar va tadqiqotchilar uchun o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etish, yangi g‘oyalarni muhokama qilish va xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatini yaratmoqda.

Ishonamizki, ushbu anjumanda bildirilgan takliflar, ilmiy xulosalar va o‘zaro tajriba almashinuvi kelgusida yangi qo‘shma tadqiqotlar hamda amaliy loyihalarga asos bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi Jamshid Sultanov.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
More from @trm_uz
  1. Oct 17, 2026#OAV_biz_haqimizda Toshkentda intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalarga bag‘ishl…
  2. Oct 16, 2026Ta’limni rivojlantirish markazi va American Councils hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmo…
  3. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  4. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  5. Oct 16, 2026#ICIST2026 #Suniy_intellekt #Xalqaro_hamkorlik 🔹 Ayni paytda Ta’limni rivojlantirish resp…
  6. Oct 16, 2026#Xalqaro_hamkorlik #Suniy_intellekt #ICIST2026 Sun’iy intellekt va aqlli texnologiyalarga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →