🎚 Bugun Toshkent shahridagi Central Park bog‘ida “Runshanba” yugurish klubining tashkil etilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan xayriya yugurish musobaqasi tashkil etildi.
🎚 Musobaqada havaskor va professional sportchilar 5 kilometr masofada o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda xayriya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etib, jismoniy faollik, ommaviy sport va sog‘lom turmush tarziga sodiqlik namunalarini namoyon etdilar.
🎚 Bunday tadbirlar aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamiyatda xayriya va o‘zaro ko‘mak madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube


