⚡️ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining o‘rinbosari J. Shakarov Qarshi shahrida joylashgan “SULTON TEX GROUP” MChJ faoliyati bilan tanishdi.
⚡️ Uchrashuv davomida energiya va suvni tejovchi texnologiyalarga asoslangan innovatsion tekstil klasterining ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlari hamda istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, korxona faoliyatida uchrayotgan muammolar o‘rganilib, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Muloqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmonining mazmun-mohiyati, shuningdek, uning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, sifat infratuzilmasi talablariga muvofiq faoliyat yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️ Bunday uchrashuvlar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

