TGViewer
Channel Public Channel
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

@uzstandardchannel

Veb-sayt: www.standart.uz
Facebook: www.fb.com/uzstandard
Instagram: www.instagram.com/uzstandard
Youtube: bit.ly/3kbWQa0

Murojaat uchun:
@uzstandartga_savollar_bot
📧 uzst@standart.uz
☎️1880

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A
Subscribers
5.07K
Photos
17.3K
Videos
996
Links
7.3K
Recent Posts 7 shown
Post #19956 260

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7-9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Mamlakatimiz yetakchisi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
—
По приглашению Президента Туркменистана Сердара Бердымухамедова Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 7-9 октября посетит эту страну с рабочим визитом. Лидер нашей страны примет участие в восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана, а также в очередном саммите Содружества Независимых Государств.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #Maslahatuchrashuvi #MDH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Post #19955 490
✔️ Texnik reglamentlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #19947 539
ONA TILI — MILLAT RUHI VA MA’NAVIY TAYANCHI

✅ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining navbatdagi sanasi munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida milliy ma’naviyatimiz, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va Vatanga sadoqat ruhini o‘zida mujassam etgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



✅ Tadbirlar doirasida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Vatan va xalq haqida o‘ylar» kitobi hamda jadid ma’rifatparvarlari — Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush», Abdulla Avloniyning «Atlas», Munavvarqori Abdurashidxonovning «Qanday qullik tushdi», Ishoqxon To‘ra Ibratning «Millatni kim isloh etar» va G‘ulom Zafariyning «Halima» kabi durdona asarlari taqdim etildi.

✅ Shuningdek, seminar qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi asosida tayyorlangan “Birlashtirib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va fikrlarning mazmunan dolzarbligi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

✅ Ushbu asarlarni birlashtirib turuvchi mushtarak g‘oya — millat taqdiri, ma’rifat, ilm, Vatan ravnaqi va inson mas’uliyatidir. Jadid bobolarimiz o‘z ijodida xalqni ma’rifatga va uyg‘onishga chorlagan bo‘lsa, bugungi kunda ham ushbu ezgu g‘oyalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanib, o‘zining yuksak ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Xususan, taqdim etilgan asarlarda jaholat va ilmsizlikning og‘ir oqibatlari ochib berilib, taraqqiyotning asosiy omili ilm, harakat va milliy o‘zlikni anglash ekani alohida ta’kidlanadi. Prezidentimizning «Vatan va xalq haqida o‘ylar» asarida esa xalq manfaati, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak sari dadil odimlash g‘oyalari teran ifodalangan.

Taqdimot davomida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, milliy adabiy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yosh avlodda kitobxonlik madaniyati va vatanparvarlik ruhini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
Post #19940 589
Texnik reglamentlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha seminar

✅O‘zbekistonning texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida Toshkent shahrida tartibga solish ta’sirini baholash va xavflarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Shvetsiya Milliy savdo kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur seminar ikki tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, avvalgi seminar joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan edi.


✅ Seminarning asosiy maqsadi texnik reglamentlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda tartibga solish ta’sirini baholash (Regulatory Impact Assessment — RIA) mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tanlashda xavflarni baholashning zamonaviy usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning amaldagi «Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglamenti hamda «Elektromagnit moslashuvchanlik to‘g‘risida»gi texnik reglament loyihasi misolida RIA usullarini qo‘llashning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahsulotning xavf darajasini hisobga olgan holda muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini belgilash va xavfga mutanosib yondashuvni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.


✅ Shvetsiya Milliy savdo kengashi bilan hamkorlik O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro, xususan, Yevropa Ittifoqi amaliyotiga uyg‘unlashtirish, tartibga solish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashda xavfga asoslangan yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

✅ Seminar davomida texnik reglamentlarni ishlab chiqishda RIA va xavflarni baholash mexanizmlaridan tizimli foydalanish, muvofiqlikni baholashning xavfga mutanosib tartib-taomillarini shakllantirish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • 👍 5
  • ❤ 2
  • 👏 2
Post #19939 1.17K
Majburiy sertifikatlash qachon talab etilmaydi?

⚖️ O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ayrim hollarda mahsulotlarni muvofiqlikni majburiy baholashdan o‘tkazish, jumladan, majburiy sertifikatlash talabi qo‘llanilmaydi.

➡️ Xususan, quyidagi mahsulotlarga nisbatan majburiy sertifikatlash talabi tatbiq etilmaydi:

🔴qayta ishlash uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mahsulotlar;

🚫ilgari foydalanilgan mahsulotlar (qonunchilikda belgilangan istisnolar bundan mustasno);

🔴ko‘rgazma va yarmarkalarda namuna yoki eksponat sifatida olib kiriladigan mahsulotlar;

🔴sinov, tadqiqot yoki laboratoriyalararo sinovlarni o‘tkazish uchun namuna sifatida olib kiriladigan mahsulotlar;

🔴ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar;

🔴gumanitar yoki xalqaro texnik yordam sifatida olib kiriladigan mahsulotlar;

🚫tabiiy ofat, texnogen falokat va boshqa favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar;

🔴diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy foydalanishi uchun olib kiriladigan mahsulotlar;

O‘zbekiston hududida sotish uchun mo‘ljallanmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishda xomashyo, material yoki butlovchi qism sifatida foydalaniladigan mahsulotlar.


⛔ Muhim!
Majburiy sertifikatlash talabining qo‘llanilmasligi mahsulot barcha majburiy talablardan ozod etiladi, degani emas.

Ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi mahsulotning qonunchilikda belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qarori bilan tartibga solinadi.


📌 Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin ➡️ https://lex.uz/docs/5249376#7232315

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
Post #19938 1.01K
📢 E’LON: Texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Maxsus stipendiyasi” uchun tanlov ochiq!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Maxsus stipendiya” uchun tanlov e’lon qiladi.

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning 4-bosqichida (kunduzgi ta’lim shaklida) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar:
➡️Standartlashtirish
➡️Metrologiya
➡️Muvofiqlikni baholash
➡️Sertifikatlashtirish

Nomzodlarning o‘quv va ilmiy faoliyati O‘TMB Kengashi tomonidan kollegial tarzda muhokama qilinib, tavsiya etiladi.
📊 Tanlov bosqichlari
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:
1. 1-bosqich: Hujjatlarni qabul qilish va saralash;
2. 2-bosqich: Nazariy bilimlarni baholash;
3. 3-bosqich: Tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.

🔴 Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
• Transkript nusxasi;
• Dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
• Ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
• Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
• Davlat tili va xorijiy til(lar)dan suhbat natijalari bo‘yicha kafedra ma’lumotnomasi;
• Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar (IELTS, TOEFL, CEFR va b. — mavjud bo‘lsa);
• Yutuqlar, sovrinlar va sohaviy tanlovlardagi ishtirokni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (mavjud bo‘lsa).

📥 Hujjat topshirish tartibi
Hujjatlar faqat PDF formatida elektron pochta orqali qabul qilinadi.
• Muddat: 2026-yil 10-oktyabr, soat 18:00 ga qadar
• Elektron manzillar: uzst@standart.uz, standart@exat.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
• Telefon: +998 71 202-00-11 (ichki nomer: 1006)
• Mas’ul xodim: Umarova Dilnoza
🚫 Eslatma: Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari Nizomda batafsil keltirilgan.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
Post #19937 808
YETAKCHILIK — IMKONIYAT. TASHABBUS — KELAJAK!

⁉️ Sizda yetakchilik salohiyati bormi? O‘z g‘oyalaringiz va tashabbuslaringiz bilan yoshlar hayotida o‘zgarish qilishga tayyormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli, tashabbuskor va salohiyatli yoshlarni "O‘zMMI" DM, Standartlar instituti va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi (yoshlar yetakchisi) lavozimlariga saralash e’lon qilinadi!

🎯 KIMLAR NOMZOD BO‘LISHI MUMKIN?
Qo‘yiladigan talablar:
▪️ 35 yoshgacha bo‘lgan;
▪️ oliy ma’lumotli;
▪️ yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega;
▪️ xorijiy tillarni biladigan;
▪️ tashkilotchilik qobiliyati va tashabbuskorligi yuqori;
▪️ zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega.

🌟 YETAKCHILIK SIZGA NIMA BERADI?
Yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritish — bu nafaqat mas’uliyat, balki kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatdir!
❗️Agentlikning «OLTIN FOND» kadrlar zaxirasiga kiritiladi;
🌍 Xorijiy standartlashtirish, metrologiya va sifat infratuzilmasi tashkilotlarida stajirovka o‘tashga yuboriladi;
✔️ Amaldagi mehnat qonunchiligi va belgilangan tartibda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi (ustama);
🤝 Yoshlar bilan samarali ishlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

📌 NOMZODLAR UCHUN MUHIM!
Nomzodlar 2026-yil 9-oktyabr kuniga qadar "O‘zMMI" DM, Standartlar instituti va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Kadrlar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Taqdim etilgan nomzodlar Agentlikning tanlov komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi hamda munosib deb topilganlar lavozimga tavsiya etiladi.

☄ Siz ham o‘z salohiyatingizni namoyon eting!
Bugungi tashabbuskor yoshlar — ertangi rahbarlar va o‘zgarishlar yetakchilari!

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uzstandardchannel without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal have?
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal (@uzstandardchannel) has 5.07K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →