TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.07K subscribers
Post #19937 852
YETAKCHILIK — IMKONIYAT. TASHABBUS — KELAJAK!

⁉️ Sizda yetakchilik salohiyati bormi? O‘z g‘oyalaringiz va tashabbuslaringiz bilan yoshlar hayotida o‘zgarish qilishga tayyormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli, tashabbuskor va salohiyatli yoshlarni "O‘zMMI" DM, Standartlar instituti va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi (yoshlar yetakchisi) lavozimlariga saralash e’lon qilinadi!

🎯 KIMLAR NOMZOD BO‘LISHI MUMKIN?
Qo‘yiladigan talablar:
▪️ 35 yoshgacha bo‘lgan;
▪️ oliy ma’lumotli;
▪️ yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega;
▪️ xorijiy tillarni biladigan;
▪️ tashkilotchilik qobiliyati va tashabbuskorligi yuqori;
▪️ zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega.

🌟 YETAKCHILIK SIZGA NIMA BERADI?
Yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritish — bu nafaqat mas’uliyat, balki kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatdir!
❗️Agentlikning «OLTIN FOND» kadrlar zaxirasiga kiritiladi;
🌍 Xorijiy standartlashtirish, metrologiya va sifat infratuzilmasi tashkilotlarida stajirovka o‘tashga yuboriladi;
✔️ Amaldagi mehnat qonunchiligi va belgilangan tartibda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi (ustama);
🤝 Yoshlar bilan samarali ishlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

📌 NOMZODLAR UCHUN MUHIM!
Nomzodlar 2026-yil 9-oktyabr kuniga qadar "O‘zMMI" DM, Standartlar instituti va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Kadrlar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Taqdim etilgan nomzodlar Agentlikning tanlov komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi hamda munosib deb topilganlar lavozimga tavsiya etiladi.

☄ Siz ham o‘z salohiyatingizni namoyon eting!
Bugungi tashabbuskor yoshlar — ertangi rahbarlar va o‘zgarishlar yetakchilari!

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • 👍 1
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 8, 2026🔈 E’LON! 🇺🇿 14-oktabr - “Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan “Standartlashtir…
  2. Oct 8, 2026O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish va boshqa ustuvor sohal…
  3. Oct 8, 2026Ambitsiyali rejalar va amaliy qadamlar: Agentlik hamda universitet hamkorlikning ustuvor y…
  4. Oct 7, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berd…
  5. Oct 7, 2026✔️ Texnik reglamentlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha seminar…
  6. Oct 6, 2026ONA TILI — MILLAT RUHI VA MA’NAVIY TAYANCHI ✅ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →