✅ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining navbatdagi sanasi munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida milliy ma’naviyatimiz, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va Vatanga sadoqat ruhini o‘zida mujassam etgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirlar doirasida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Vatan va xalq haqida o‘ylar» kitobi hamda jadid ma’rifatparvarlari — Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush», Abdulla Avloniyning «Atlas», Munavvarqori Abdurashidxonovning «Qanday qullik tushdi», Ishoqxon To‘ra Ibratning «Millatni kim isloh etar» va G‘ulom Zafariyning «Halima» kabi durdona asarlari taqdim etildi.
✅ Shuningdek, seminar qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi asosida tayyorlangan “Birlashtirib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va fikrlarning mazmunan dolzarbligi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
✅ Ushbu asarlarni birlashtirib turuvchi mushtarak g‘oya — millat taqdiri, ma’rifat, ilm, Vatan ravnaqi va inson mas’uliyatidir. Jadid bobolarimiz o‘z ijodida xalqni ma’rifatga va uyg‘onishga chorlagan bo‘lsa, bugungi kunda ham ushbu ezgu g‘oyalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanib, o‘zining yuksak ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Xususan, taqdim etilgan asarlarda jaholat va ilmsizlikning og‘ir oqibatlari ochib berilib, taraqqiyotning asosiy omili ilm, harakat va milliy o‘zlikni anglash ekani alohida ta’kidlanadi. Prezidentimizning «Vatan va xalq haqida o‘ylar» asarida esa xalq manfaati, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak sari dadil odimlash g‘oyalari teran ifodalangan.
Taqdimot davomida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, milliy adabiy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yosh avlodda kitobxonlik madaniyati va vatanparvarlik ruhini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube







