TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.07K subscribers
Post #19940 583
Texnik reglamentlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha seminar

✅O‘zbekistonning texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida Toshkent shahrida tartibga solish ta’sirini baholash va xavflarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Shvetsiya Milliy savdo kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur seminar ikki tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, avvalgi seminar joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan edi.


✅ Seminarning asosiy maqsadi texnik reglamentlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda tartibga solish ta’sirini baholash (Regulatory Impact Assessment — RIA) mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tanlashda xavflarni baholashning zamonaviy usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning amaldagi «Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglamenti hamda «Elektromagnit moslashuvchanlik to‘g‘risida»gi texnik reglament loyihasi misolida RIA usullarini qo‘llashning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahsulotning xavf darajasini hisobga olgan holda muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini belgilash va xavfga mutanosib yondashuvni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.


✅ Shvetsiya Milliy savdo kengashi bilan hamkorlik O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro, xususan, Yevropa Ittifoqi amaliyotiga uyg‘unlashtirish, tartibga solish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashda xavfga asoslangan yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

✅ Seminar davomida texnik reglamentlarni ishlab chiqishda RIA va xavflarni baholash mexanizmlaridan tizimli foydalanish, muvofiqlikni baholashning xavfga mutanosib tartib-taomillarini shakllantirish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • 👍 5
  • ❤ 2
  • 👏 2
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 7, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berd…
  2. Oct 7, 2026✔️ Texnik reglamentlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha seminar…
  3. Oct 6, 2026ONA TILI — MILLAT RUHI VA MA’NAVIY TAYANCHI ✅ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganini…
  4. Oct 6, 2026Majburiy sertifikatlash qachon talab etilmaydi? ⚖️ O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ayrim…
  5. Oct 6, 2026📢 E’LON: Texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Maxsus stipendiyasi” uchun tanlov…
  6. Oct 5, 2026YETAKCHILIK — IMKONIYAT. TASHABBUS — KELAJAK! ⁉️ Sizda yetakchilik salohiyati bormi? O‘z g…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →