🫥 Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Namangan davlat texnika universiteti o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🫥 Tadbirda Agentlik direktori maslahatchisi N.Mamadaliyeva va universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Muloqot davomida ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, mavjud laboratoriya bazasini rivojlantirish hamda zamonaviy talablar asosida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda universitetning laboratoriya imkoniyatlari taqdimot qilinib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar istiqboldagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Jumladan, talabalarni Agentlik tomonidan ajratiladigan yangi stipendiyalarga keng jalb etish hamda soha olimlarini texnik qo‘mitalar faoliyatiga ekspert sifatida jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🫥 Shuningdek, universitet laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yosh olim va tadqiqotchilarni xalqaro stajirovkalarga yuborish va manzilli ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.
Ushbu amaliy hamkorlik universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ilmiy ishlanmalar samaradorligini ishlab chiqarishda namoyon etishga xizmat qiladi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube




