✅O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Standartlar institutida sohaga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar matnidagi korrupsiyaviy omillar, huquqiy qarama-qarshiliklar (kolliziyalar) hamda noaniqliklarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan ishchi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Mazkur yig‘ilish Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2026-yil 11-sentabrdagi 37-son bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tegishli ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
✅Tadbirda institutning mas’ul bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari ishtirok etib, sohada amalda bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qildilar.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
tadbirkorlik faoliyati va jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish;
byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda asossiz ma’muriy vakolatlarni cheklash;
hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari va tartiblarini yanada shaffoflashtirish;
mahsulotlarni baholash va sertifikatlashtirish jarayonlarida inson omili ta’sirini kamaytirish;
normativ-huquqiy hujjatlardagi huquqiy qarama-qarshiliklar va noaniqliklarni bartaraf etish.
Muhokama jarayonida sohaga oid 11 ta normativ-huquqiy hujjat bo‘yicha o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi ekspertiza va tahlil natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Yig‘ilish yakunida sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarni yanada chuqur tahlil qilish, aniqlangan korrupsiyaviy omillar, huquqiy kolliziyalar va noaniqliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirish hamda belgilangan muddatlarda yuqori tashkilotlarga taqdim etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube


