✅ Namangan davlat texnika universitetida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N. Mamadaliyeva ishtirokida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Uchrashuvda mamlakatimizning ilmiy-texnik salohiyatini yanada yuksaltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda yangilikka intiluvchan yosh mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi munosib o‘rnini mustahkamlashda bilimli, zamonaviy kasblarni puxta egallagan, keng dunyoqarash va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega yoshlarning o‘rni beqiyos. Shu bois yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy salohiyatini rivojlantirishi va o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biridir.
Ochiq muloqot davomida talabalarning ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish, ularning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish, ilmiy loyihalar va innovatsion faoliyatga jalb etish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat tilida sifatli ilmiy va akademik matnlar yaratish, ilmiy fikrni aniq va ravon ifodalash, o‘zbek tilining ilm-fan va ta’lim sohasidagi nufuzini yanada oshirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
✅ Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ilmiy faoliyat, kasbiy rivojlanish va zamonaviy imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube





