🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbirda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati bo'lim boshlig'i, falsafa fanlari doktori Maftuna Namozova
Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, tarix fanlari doktori, professor Fayzulla Ernazarov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustaqillik bayramining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirish, yoshlarni bilimli, vatanparvar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega etib tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalq birdamligini mustahkamlash, jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirish hamda yosh avlodning Vatanga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
✅Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mustaqillikning tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
✅Mazkur ma’rifiy tadbir xodimlarning mamlakatimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi muhim jarayonlardan xabardorligini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube









