TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.06K subscribers
Post #19988 922
O‘zbekiston Standartlar institutining IQNet xalqaro tarmog‘idagi faoliyati bo‘yicha navbatdagi audit o‘tkazilmoqda

🔴 O‘zbekiston Standartlar institutida IQNet xalqaro tarmog‘iga a’zolik talablari doirasida navbatdagi muhim audit jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirni IQNet Direktorlar kengashi vitse-prezidenti, O‘zaro baholash va a’zolik bo‘yicha doimiy qo‘mita raisi Aykut Kırbaş olib bormoqda.


🔵Audit jarayonida Institutning avvalgi o‘rganishlar natijalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli ishlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, ekspertlar tomonidan Institut faoliyatini IQNet talablari va ilg‘or xalqaro amaliyotga yanada uyg‘unlashtirish, sertifikatlashtirish xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berilmoqda.

🩷Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Standartlar instituti:
2024-yil dekabr oyida — IQNet xalqaro tarmog‘ining “Affiliated Member” (Assotsiatsiyalangan a’zo);
2026-yilda — “Associated Member” (Hamkor a’zo) maqomiga ega bo‘lgan.
Ushbu maqom O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni samarali joriy etish hamda milliy sertifikatlashtirish tizimining xalqaro maydondagi ishonchliligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun:
IQNet — 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Shveytsariyaning Bern shahrida joylashgan dunyodagi eng yirik xalqaro sertifikatlashtirish tarmog‘idir. Bugungi kunda u 34 ta mamlakatdagi 36 ta sertifikatlashtirish organi va 365 ta ofisni o‘z atrofiga birlashtiradi. IQNet a’zolari tomonidan dunyo bo‘ylab 360 mingdan ortiq amaldagi sertifikatlar berilgan.


🟡O‘tkazilayotgan audit yakunlari O‘zbekiston Standartlar institutining IQNet doirasidagi faoliyatini yanada rivojlantirish va xalqaro talablarga to‘liq muvofiqligini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi amaliy chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • 👍 1
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 10, 2026Xayriya yugurish musobaqasida agentlik xodimlari ham faol ishtirok etdi 🎚 Bugun Toshkent…
  2. Oct 10, 2026🧷 Hurmatli soha mutaxassislari, tadbirkorlar, olimlar va hamkorlar! ✅ Joriy yilning 14-ok…
  3. Oct 9, 2026Qarshida innovatsion tekstil klasteri faoliyati bilan tanishildi ⚡️ Texnik jihatdan tartib…
  4. Oct 9, 2026Shvetsiya Milliy savdo kengashi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qili…
  5. Oct 9, 2026🇺🇿🇬🇧9-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Buyuk Britaniya qo‘shma iqtisodiy qo‘m…
  6. Oct 9, 2026Post #20005
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →