🇺🇿🇬🇧9-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Buyuk Britaniya qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vaziri Anas Sarvar hamraislik qildi.
🟠Tomonlar savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi masalalarini muhokama qildi.
✍️ 2026-yilning yanvar–avgust oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12,6 foizga oshib, 250 mln AQSH dollariga yaqinlashdi.
🟠Buyuk Britaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlar uchun savdo preferensiyalari tizimi - DCTS, sertifikatlashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish, texnik to‘siqlarni bartaraf etish va O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniya savdo tarmoqlariga olib kirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Shuningdek, 46 ta loyihani amalga oshirish, UK Export Finance ishtirokida moliyalashtirish, Toshkent xalqaro moliya markazini rivojlantirish hamda elektrotexnika, kritik minerallar, farmatsevtika va transport mashinasozligi sohalaridagi kooperatsiya masalalari muhokama qilindi.
🟠Yig‘ilish yakunida savdo, investitsiyalar, sanoat, raqamli texnologiyalar, moliya va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kelishuvlarni mustahkamlovchi Qo‘mitaning ikkinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
Post #20006
446






- 🔥 1