TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.05K subscribers
Post #20000 489
“Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

🔘 Har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bilim va salohiyatini oshirish hamda tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

🔘 Shu munosabat bilan Qo‘qon shahridagi Amiriy kutubxonasida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni ilm-fan, ta’lim va kasb-hunarga qiziqtirish, shuningdek, ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

🔘 Tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining maslahatchisi N. Mamadaliyeva, filial rahbarlari va xodimlari, Qo‘qon davlat universiteti doktori R. Ummatov, B. Xaminov, A. Akbarov hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarda mustaqil fikrlash, izlanish va yangi tashabbuslarni ilgari surish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir doirasida filial xodimlarining davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, rasmiy ish yuritish madaniyatini yuksaltirish maqsadida diktant tashkil etildi. Yakunda diktantni eng yaxshi va savodli yozgan xodimlar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.


🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 12, 2026O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorli…
  2. Oct 12, 2026Savodxonlik bellashuvi: Davlat tili - milliy o‘zligimiz ko‘zgusi 🔵 Prezidentimizning 2025…
  3. Oct 12, 2026Sun’iy intellekt — yangi imkoniyatlar ✅ Namangan davlat texnika universitetida sun’iy inte…
  4. Oct 12, 2026ISO/IEC JTC 1/SC 32/WG 3 "Ma’lumotlar bazasi tillari" xalqaro ishchi guruhi yig‘ilishi o‘z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →