TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.06K subscribers
Post #20037 803
ISO/IEC JTC 1/SC 32/WG 3 "Ma’lumotlar bazasi tillari" xalqaro ishchi guruhi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

✅ 2026-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligida ISO/IEC JTC 1/SC 32/WG 3 "Ma’lumotlar bazasi tillari" xalqaro ishchi guruhining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Mazkur xalqaro tadbir O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Standartlar instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Yig‘ilish doirasida ma’lumotlar bazasi tillari sohasidagi xalqaro standartlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.


✅ Tadbirda AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Niderlandiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlardan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Mutaxassislar o‘rtasidagi fikr va tajriba almashinuvi ma’lumotlar bazasi tillari sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish, xalqaro standartlarni yanada takomillashtirish hamda sohadagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) va Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ning ISO/IEC JTC 1/SC 32 «Ma’lumotlarni boshqarish va almashish» quyi qo‘mitasi doirasida bugungi kunga qadar 130 ta xalqaro standart nashr etilgan bo‘lib, yana 32 ta standartni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda. Ushbu standartlar axborot tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va almashish jarayonlarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda IT-xizmatlari eksporti hajmi 940 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu esa zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish va xalqaro standartlarni milliy amaliyotga tatbiq etishning dolzarbligini yanada oshiradi.


✅Mazkur xalqaro yig‘ilish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, ma’lumotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va axborot tizimlari o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan muhim muloqot maydoni hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekistonning xalqaro standartlashtirish jarayonlaridagi faol ishtirokini kengaytirish, milliy tajribani xalqaro miqyosda namoyon etish hamda soha rivojiga qaratilgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 13, 2026Fransiyada Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) navbatdagi 28-yig‘ilishi ol…
  2. Oct 12, 2026O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorli…
  3. Oct 12, 2026Savodxonlik bellashuvi: Davlat tili - milliy o‘zligimiz ko‘zgusi 🔵 Prezidentimizning 2025…
  4. Oct 12, 2026Sun’iy intellekt — yangi imkoniyatlar ✅ Namangan davlat texnika universitetida sun’iy inte…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →