🔵 Prezidentimizning 2025-yil 20-oktabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi. Mazkur ma’rifiy bellashuvda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Namangan va Qo‘qon filiallari xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirdan asosiy maqsad davlat tilining nufuzini oshirish va xodimlarning savodxonlik darajasini yuksaltirishdan iboratdir.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z imloviy bilimlari va yozma nutq madaniyatini sinovdan o‘tkazdilar. Ular o‘zbek adabiy tili me’yorlarini qay darajada egallaganini namoyon etdilar. Ushbu jarayon xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va mavjud xatolar ustida ishlashga xizmat qildi.
Bu kabi tadbirlar kundalik ish yuritish jarayonida juda muhimdir. Ular rasmiy hujjatlarni savodli rasmiylashtirishga va fikrni aniq ifoda etishga yordam beradi. Qolaversa, xodimlarning o‘z kasbiga va davlat tiliga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshiradi.
🔴 Filial xodimlari bellashuvda katta qiziqish va yuqori mas’uliyat bilan qatnashdilar. Ular tilimizga bo‘lgan hurmat va sadoqatlarini amalda ko‘rsatdilar. Tadbir tizimda davlat tilini rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.
🟤 Davlat tili — millatimiz ma’naviyati, tarixi va milliy o‘zligidir. Sof va savodli yozish yuksak madaniyat belgisi sanaladi. Tilimizning sofligini saqlash va uni rivojlantirish har bir xodimning burchidir.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube




