TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.05K subscribers
Post #20067 572
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida savdo hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

✅Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi o‘rtasida savdo masalalari bo‘yicha ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish, mavjud tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish hamda mahsulotlarning har ikki mamlakat bozorlariga kirishini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va yengil sanoat kabi o‘zaro savdoni kengaytirish uchun yuqori salohiyatga ega ustuvor tarmoqlardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.


✅Yig‘ilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va mahsulotlar muvofiqligini baholash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish hamda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

✅Elektrotexnika mahsulotlariga qo‘yiladigan texnik talablar va ularning muvofiqligini baholash bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etish maqsadida tomonlar soha mutaxassislaridan iborat texnik ishchi guruhni shakllantirishga kelishib oldilar.

✅Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimning kengaytirilgan tahririni imzolash bo‘yicha texnik maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

✅Yig‘ilish yakunida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida Savdo bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishining bayonnomasi imzolandi.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 16, 2026❗️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qilad…
  2. Oct 16, 2026⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini ola…
  3. Oct 16, 2026▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz…
  4. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  5. Oct 16, 2026👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xit…
  6. Oct 16, 2026⚡Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →