TGViewer
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal @uzstandardchannel · 5.06K subscribers
Post #20057 570
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

✅ Bugun, 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining o‘rinbosari Timur Mashanpin Germaniyaning «Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash» loyihasi koordinatori Nadine Tatge bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumat o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy va texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha navbatdagi hukumatlararo muzokaralarning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani alohida ta’kidlandi.


✅ Muzokaralar davomida tomonlar loyiha doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdilar:
✅Sohaviy vazifalar: Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va chora-tadbirlar rejasi;
✅Kadrlar salohiyati: Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi takliflar hamda xodimlar malakasini oshirish masalalari;
✅Sanoat bilan integratsiya: Mahalliy sanoat korxonalari bilan tizimli ishlash, jarayonlarni o‘zaro integratsiya qilish va sohaga xalqaro tajribani joriy etish.

Shuningdek, uchrashuvda milliy qonunchilik, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash mehanizmlari hamda standartlashtirishga oid normativ hujjatlarni
Jahon savdo tashkiloti (JST)
talablariga uyg‘unlashtirish masalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro tajriba asosida
«Mahsulot xavfsizligi to‘g‘risida»gi
qonun loyihasini ishlab chiqish va bu boradagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish eng muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.


✅ Uchrashuv yakunida tomonlar 12-noyabr kuni O‘zbekistonda Jahon sifat haftaligini yuqori darajada tashkil etish, sifat infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi texnik hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
  • 👍 1
More from @uzstandardchannel
  1. Oct 13, 2026Fransiyada Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) navbatdagi 28-yig‘ilishi ol…
  2. Oct 12, 2026Savodxonlik bellashuvi: Davlat tili - milliy o‘zligimiz ko‘zgusi 🔵 Prezidentimizning 2025…
  3. Oct 12, 2026Sun’iy intellekt — yangi imkoniyatlar ✅ Namangan davlat texnika universitetida sun’iy inte…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →