🫥 Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) 28-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston vakillari Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati, zamonaviy o‘lchash texnologiyalari hamda xalqaro metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi va BIPM vakillari o‘rtasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti birlamchi etalonlarini BIPM laboratoriyalarida kalibrlash masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
🫥 O‘zbekistonning BIPMga to‘laqonli a’zo bo‘lishi natijasida ilk bor O‘zbekiston milliy metrologiya instituti birlamchi etalonlarini bevosita BIPM laboratoriyalarida bepul kalibrlash imkoniyati yaratildi.
Muzokaralar davomida mazkur kalibrlash ishlarini
2027-yildan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirish
masalalari muhokama qilindi.
🫥 Ushbu hamkorlik milliy etalonlarning xalqaro darajada metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash, o‘lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini mustahkamlash hamda O‘zbekiston milliy metrologiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
#CGPM2026 #BIPM #CIPM #UzNIM #Metrology
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube






