✅O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Shvetsiya Milliy savdo kengashi (Kommerskollegium) vakillari, Agentlik rahbariyati hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikning natijalari va istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida texnik reglamentlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish, tartibga solish ta’sirini baholash (RIA) va xavflarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan seminar yakunlari hamda olingan bilim va amaliy tajribalarni milliy texnik jihatdan tartibga solish tizimiga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, tomonlar uch yillik hamkorlik memorandumi, uning ustuvor yo‘nalishlari va kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, texnik reglamentlarni ishlab chiqishda tartibga solish ta’sirini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashda xavfga asoslangan yondashuvlarni keng qo‘llash hamda mutaxassislarning salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur hamkorlik O‘zbekistonning texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro, xususan, Yevropa Ittifoqi amaliyotiga uyg‘unlashtirish, tartibga solish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda sohada ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga xizmat qiladi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube



