🔵 Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy va texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha navbatdagi hukumatlararo muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akrom Aliyev, Germaniya delegatsiyasiga esa Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining Markaziy Osiyo, Pokiston va Afg‘oniston masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Kristiane Amari rahbarlik qildi.
🟢 Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, xususan:
• texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish;
• “yashil” iqtisodiyot;
• kasb-hunar ta’limi;
• energetika;
• davlat boshqaruvi hamda ijtimoiy himoya sohalarida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Germaniya tomoni bilan 2026–2027-yillarda
8 ta ustuvor loyihani moliyalashtirish
bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida
Rivojlanish maqsadlaridagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar bayonnomasi
imzolandi.
🟡 Ushbu kelishuvlar doirasida texnik jihatdan tartibga solish va sifat infratuzilmasini takomillashtirish sohasida Germaniyaning ilg‘or tajribasini joriy etish, xalqaro standartlarga moslashish hamda sohadagi mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha bir qator qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube





