🇬🇧 "Manchester Siti" 10 yilga Yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin
Angliyaning "Manchester Siti" klubi moliyaviy qoidabuzarliklar sabab 10 yilgacha Yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar klubning apellyatsiya shikoyati rad etilsa, UEFA tomonidan uzoq muddatli diskvalifikatsiya qo‘llanilishi ehtimoli bor.
"Shaharliklar" 2009–2018-yillar davomida ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. Klub esa ayblovlarga e’tiroz bildirib, o‘z pozitsiyasini himoya qilmoqda.
Joriy mavsumda «Manchester Siti» UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Enso Mareska boshqaruvidagi jamoa shu hafta o‘z maydonida PSJga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6423
1.99K

- 👍 1