🇹🇷 Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasida yangi futbol turniri tashkil etishni taklif qildi
Turkiyada Markaziy Osiyo va turkiy tilli mamlakatlar milliy terma jamoalari ishtirokida yangi xalqaro futbol musobaqasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Turkiyaning TRT Haber telekanali va xorijiy OAVlar xabariga ko‘ra, mazkur loyiha «Turk kubogi» nomi ostida amalga oshirilishi mumkin. Musobaqani har ikki yilda bir marta o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Kürshad Zorlu ushbu turnirni tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qilgan.
OAVlarda tarqalgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqada quyidagi yetti mamlakat terma jamoasi ishtirok etishi mumkin:
🇹🇷 Turkiya
🇺🇿 O‘zbekiston
🇦🇿 Ozarbayjon
🇰🇿 Qozog‘iston
🇰🇬 Qirg‘iziston
🇹🇲 Turkmaniston
🇹🇯 Tojikiston
Shuningdek, ishtirokchilar sonini sakkiztaga yetkazish imkoniyati ham ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda. Ayrim xorijiy nashrlarda sakkizinchi ishtirokchi sifatida Iroq, Suriya yoki Eron terma jamoalaridan biri taklif etilishi mumkinligi qayd etilgan.
Yangi musobaqa formati Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Arab ko‘rfazi kubogi»ga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6438
1.57K

- ❤ 14
- 👍 13
- 👏 8
- 🤔 3
- 👌 2