«Bavariya» prezidenti Olisening «Real Madrid»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Myunxenning «Bavariya» klubi prezidenti Herbert Hayner fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olisening kelajagi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
So‘nggi vaqtlarda 25 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq nemis klubi rahbariyati yetakchi futbolchilaridan birini qo‘yib yuborish niyatida emas.
«Biz Olisening jamoamizda ekanligidan juda mamnunmiz. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. “Bavariya” futbolchilarini sotishga majbur bo‘ladigan klub emas. Biz barcha qarorlarni kuchli pozitsiyadan turib qabul qilamiz», — deya ta’kidlagan Hayner.
Klub prezidenti, shuningdek, Olisening amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallanganini eslatib, futbolchi bilan hamkorlikni yanada uzaytirish istagini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi a’zosi 2024-yilda Angliyaning «Kristal Pelas» klubidan «Bavariya» safiga kelib qo‘shilgan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6416
1.97K
