TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.39K subscribers
Post #6437 1.62K
⭐️ Legionerlarimiz jamoalari bugun maydonga tushadi

Bugun, 17-oktabr kuni xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning jamoalari navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi.

🇦🇿 Umarali Rahmonaliyev | «Qabala» – «Sabah» | 17:00

Ozarbayjon Premyer-ligasining 8-turida Umarali Rahmonaliyev faoliyat yuritayotgan «Sabah» safarda «Qabala»ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa chempionatdagi so‘nggi uchrashuvida «Neftchi» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan. «Sabah» 6 ta o‘yindan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda.

🇷🇺 Mahmudjon Mahamadjonov | «Dinamo» (Mahachqal’a) – «Akron» | 18:30

Rossiya Premyer-ligasining 11-turida Mahmudjon Mahamadjonov faoliyat yuritayotgan Mahachqal’aning «Dinamo» jamoasi o‘z maydonida «Akron»ni qabul qiladi. Mahachqal’aliklar chempionatdagi so‘nggi uchrashuvida «Orenburg»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Jamoa 12 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog‘onasida joylashgan.

🇧🇪 Muhammadali O‘rinboyev | «Heist» – «Antverpen» | 21:30

Belgiya kubogi doirasida Muhammadali O‘rinboyev to‘p tepadigan «Antverpen» safarda «Heist»ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa chempionatdagi so‘nggi uchrashuvida «Vesterlo»ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan. «Antverpen» 8 ta o‘yindan so‘ng 7 ochko bilan Belgiya chempionatining 13-pog‘onasida bormoqda.

🇬🇧Abduqodir Husanov | «Manchester Siti» – «Ipsvich» | 19:00

Angliya Premyer-ligasining 7-turida Abduqodir Husanov faoliyat yuritayotgan «Manchester Siti» o‘z maydonida «Ipsvich»ni qabul qiladi. «Shaharliklar» chempionatdagi so‘nggi uchrashuvida «Liverpul»ni safarda 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • ⚡ 1
  • 💯 1
More from @uzasport
  1. Oct 17, 2026Holandning dubli «Manchester Siti»ga uch ochko keltirdi (GOLLAR VIDEOSI) Angliya Premyer-l…
  2. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🔵«Buxoro» kambek qayd etdi, 🟡«Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi Futbo…
  3. Oct 17, 2026Shavkat Mirziyoyev 🌏OFK prezidentini qabul qildi 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi…
  4. Oct 17, 2026Chempionning zafarli qaytishi: Diyora Keldiyorova yana shohsupada 🥇 O‘zbekistonlik taniql…
  5. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga 24-turining markaziy uchrashuvi asosiy tarkiblari e'lon qilindi. Superliga…
  6. Oct 17, 2026Abduqodir Husanov 🇬🇧«Manchester Siti»ning 🇬🇧«Ipsvich»ga qarshi o'yinini zaxiradan bosh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →