🇺🇿 «Nasaf» bugun «Al-Vahda»ga qarshi maydonga tushadi
Bugun, 14-oktabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari doirasida Qarshining «Nasaf» klubi Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vahda» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.
Guruh bosqichining dastlabki turida «Nasaf» Bahraynning «Al-Xolidiya» klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan. «Al-Vahda» esa Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan.
🏆Osiyo Chempionlar ligasi 2 | A guruhi, 2-tur
📅 14-oktabr, chorshanba
⏰ 18:45 | 🇺🇿 Nasaf – Al-Vahda 🇦🇪
🏟 «Markaziy» stadion, Qarshi
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6374
2.42K

- 👍 9
- ❤ 2