Erling Holand Chempionlar ligasida ingliz klublari to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand UEFA Chempionlar ligasi tarixida Angliya klublari safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
26 yoshli norvegiyalik futbolchi PSJga qarshi kechgan va jamoasi 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda dubl qayd etdi. Shu tariqa Holandning «Manchester Siti» safida Chempionlar ligasida urgan gollari soni 38 taga yetdi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha undan faqat «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Muhammad Saloh ustunlik qilmoqda. Misrlik futbolchi musobaqada mersisaydliklar safida 47 ta gol muallifiga aylangan.
Chempionlar ligasida Angliya klublari safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar:
🇪🇬 Muhammad Saloh («Liverpul») — 47 ta gol
🇳🇴 Erling Holand («Manchester Siti») — 38 ta gol
🇨🇮 Didye Drogba («Chelsi») — 36 ta gol
🇦🇷 Serxio Aguero («Manchester Siti») — 36 ta gol
Eslatib o‘tamiz, Erling Holand 2022-yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6403
1.73K

- ❤ 4
- 👍 4