TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.42K subscribers
Post #6407 1.55K
Ilya Sibirsev Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston rekordini yangiladi

O‘zbekiston suzish terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirsev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida boshlangan Jahon kubogining uchinchi bosqichida sovrindorlar qatoridan joy oldi.

25 metrli basseynda o‘tkazilayotgan musobaqada hamyurtimiz 1500 metrga erkin usulda suzish bahsida uchinchi natijani qayd etdi.

Bronza bilan birga yangi rekord

Sibirsev masofani 14 daqiqa 43,97 soniyada bosib o‘tib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Mazkur natija sportchiga nafaqat Jahon kubogi sovrinini, balki 25 metrli basseynda 1500 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha O‘zbekistonning yangi rekordini ham taqdim etdi.

Bellashuvda belgiyalik Lukas Henve 14:33.14 natija bilan g‘olib chiqdi.

Vengriya vakili Oliver Papai esa 14:40.55 ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

1500 metr, erkin usul:
Lukas Henve (Belgiya) — 14:33.14
Oliver Papai (Vengriya) — 14:40.55
Ilya Sibirsev (O‘zbekiston) — 14:43.97

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
More from @uzasport
  1. Oct 15, 2026Behruz Karimov yevrokuboklarda debyut qildi, «Lugano» irodali g‘alabaga erishdi UEFA Konfe…
  2. Oct 15, 2026⚽️🇺🇿Superliga. 🔴"Qizilqum" 🔵"Andijon"ni yengdi, 🟡OKMK 🔵"Mash’al"dan ustun keldi Supe…
  3. Oct 15, 2026O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Behruz Karimov «Lugano» safida Konferensiyalar…
  4. Oct 15, 2026Ronaldu va Jezush yarashadimi? Elma Aveyru vaziyatga oydinlik kiritdi Portugaliya milliy t…
  5. Oct 15, 2026Saudiya Arabistoni JCH-2034 uchun beshta stadion qurish rejasidan voz kechishi mumkin Saud…
  6. Oct 15, 2026Goal Chempionlar ligasining yangi favoritlar reytingini e’lon qildi Yevropa Chempionlar li…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →