TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.38K subscribers
Post #6405 2.1K
Goal Chempionlar ligasining yangi favoritlar reytingini e’lon qildi

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan so‘ng Goal nashri musobaqaning bosh sovrini uchun kurashayotgan jamoalar imkoniyatini qayta baholadi.

Yangilangan ro‘yxatda Fransiyaning «PSJ» klubi asosiy da’vogar sifatida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

«PSJ»ning mavqei yanada mustahkamlandi

Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar ikkinchi turda «Manchester Siti» maydonida 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, turnirdagi kuchini yana bir bor namoyish etdi.

So‘nggi ikki mavsumda Chempionlar ligasida ketma-ket zafar quchgan «PSJ» joriy mavsumda ham sovrin uchun asosiy kurashchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Agar Parij klubi bu yil ham bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, Chempionlar ligasida ketma-ket uch bor chempion bo‘lish bo‘yicha «Real» qayd etgan natijani takrorlaydi.

«Barselona» va «Arsenal» ham yuqori baholandi

Goal reytingida «Barselona» ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Hans-Diter Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar ham turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida qayd etilgan.

Londonning «Arsenal» klubi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Keyingi pog‘onalardan «Bavariya» va Madridning «Real» klubi joy oldi.

Goal talqiniga ko‘ra Chempionlar ligasining 10 asosiy favoriti:

«PSJ» — Fransiya
«Barselona» — Ispaniya
«Arsenal» — Angliya
«Bavariya» — Germaniya
«Real» — Ispaniya
«Manchester Siti» — Angliya
«Liverpul» — Angliya
«Atletiko» — Ispaniya
«Aston Villa» — Angliya
«Inter» — Italiya

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • ❤ 1
More from @uzasport
  1. Oct 18, 2026⭐️ Legionerlarimiz: Shomurodov va Fayzullayevni Turkiyada, Hamrobekovni Eronda, Behruzni e…
  2. Oct 18, 2026📅 Bugungi oʻyinlar jadvali bilan tanishing 🇺🇿 LEGIONERLARIMIZ 🇨🇭 Shveytsariya kubogi…
  3. Oct 18, 2026⭐️ Legionerlarimiz: «Sabah» yirik g‘alabaga erishdi, «Dinamo» esa so‘nggi daqiqalarda g‘al…
  4. Oct 18, 2026⚽️ Yevropa futboli: kechagi uchrashuvlar natijalari 17-oktabr kuni Yevropaning kuchli besh…
  5. Oct 17, 2026Holandning dubli «Manchester Siti»ga uch ochko keltirdi (GOLLAR VIDEOSI) Angliya Premyer-l…
  6. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🔵«Buxoro» kambek qayd etdi, 🟡«Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi Futbo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →