TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.38K subscribers
Post #6458 1.17K
⭐️ Legionerlarimiz: Shomurodov va Fayzullayevni Turkiyada, Hamrobekovni Eronda, Behruzni esa Shveytsariyada muhim bahs kutmoqda

Bugun, 18-oktabr kuni o‘zbekistonlik futbolchilar faoliyat yuritayotgan xorij klublari Turkiya, Rossiya va Eron chempionatlari hamda Shveytsariya kubogida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi.

🇹🇷 «Istanbul Bashakshehir» – «Gaziantep» | 21:00

Turkiya Superligasining 8-turida Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev faoliyat yuritayotgan «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Gaziantep»ni qabul qiladi.

Uchrashuv oldidan mezbonlar 7 ta o‘yinda 8 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 12-o‘rnida bormoqda. «Gaziantep» ham 8 ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.

«Bashakshehir» so‘nggi chempionat uchrashuvida «Konyaspor» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. «Gaziantep» esa «Chorumspor»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

🇮🇷 «Malavan» – «Traktor» | 18:30

Eron Pro-ligasining navbatdagi turida Odiljon Hamrobekov faoliyat yuritayotgan «Traktor» safarda «Malavan»ga qarshi maydonga tushadi.

«Traktor» 8 ta uchrashuvda 17 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Malavan» esa 8 ta o‘yindan so‘ng 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Tabriz klubi so‘nggi uchrashuvida «Istiqlol» bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. «Malavan» esa «Fulad»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

🇷🇺 «Spartak» – «Rubin» | 20:45

Rossiya Premyer-ligasining navbatdagi turida Jahongir Oʻrozov toʻp tepayotgan Qozonning «Rubin» klubi safarda Moskvaning «Spartak» jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Uchrashuv oldidan «Spartak» 10 ta o‘yinda 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 5-pog‘onasida joylashgan. «Rubin» esa 12 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Qozonliklar so‘nggi chempionat bahsida Moskvaning «Dinamo» klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Spartak» esa «Krilya Sovetov» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

🇨🇭 «Pully Football» – «Lugano» | 18:00

Shveytsariya kubogining navbatdagi bosqichida Behruz Karimov faoliyat yuritayotgan «Lugano» safarda quyi liga vakili «Pully Football»ga qarshi maydonga tushadi.

«Lugano» mamlakat Superligasida 10 ta uchrashuvdan so‘ng 28 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining birinchi pog‘onasida bormoqda.

Jamoa so‘nggi chempionat uchrashuvida «Lyutsern»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. «Pully Football» esa Shveytsariyaning quyi ligalarida ishtirok etadi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 7
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 👌 1
More from @uzasport
  1. Oct 18, 2026⚽️ Superligada muxlislar tashrifi bo‘yicha mavsum rekordi yangilandi Futbol bo‘yicha O‘zbe…
  2. Oct 18, 2026🇪🇸 «Barselona» 58 yillik rekordni takrorladi: kataloniyaliklar 🇪🇸 «Real Madrid» natija…
  3. Oct 18, 2026Rivaldo: 🇧🇷 «Braziliya 2030-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, bu mo‘jiza bo‘ladi»…
  4. Oct 18, 2026Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi Hamyurtimiz ha…
  5. Oct 18, 2026📅 Bugungi oʻyinlar jadvali bilan tanishing 🇺🇿 LEGIONERLARIMIZ 🇨🇭 Shveytsariya kubogi…
  6. Oct 18, 2026⭐️ Legionerlarimiz: «Sabah» yirik g‘alabaga erishdi, «Dinamo» esa so‘nggi daqiqalarda g‘al…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →