TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.38K subscribers
Post #6456 1.06K
⭐️ Legionerlarimiz: «Sabah» yirik g‘alabaga erishdi, «Dinamo» esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

17-oktabr kuni xorij chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan jamoalar ham maydonga tushdi. Ozarbayjonda «Sabah» yirik hisobda zafar quchgan bo‘lsa, Rossiyada «Dinamo» (Mahachqal’a) durang bilan kifoyalandi.

🇦🇿 «Qabala» 0:4 «Sabah»

Ozarbayjon chempionatining navbatdagi turida Umarali Rahmonaliyev to‘p surayotgan «Sabah» safarda «Qabala»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Mehmonlar uchrashuv davomida ustunlikni qo‘lga olib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev esa bu safar zaxira o‘rindig‘ida qoldi va maydonga tushmadi.

🇷🇺 «Dinamo» (Mahachqal’a) 1:1 «Akron»

Rossiya Premyer-ligasining 11-turida Mahmudjon Mahamadjonov to‘p surayotgan «Dinamo» o‘z maydonida «Akron»ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 72-daqiqada Muhammadjavad Husaynnejod mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq 87-daqiqada Roberto Fernandes muvozanatni tikladi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mahmudjon Mahamadjonov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Hamyurtimiz 76-daqiqada darvoza tomon zarba ham yo‘lladi, biroq to‘p mo‘ljalga bormadi.

🇧🇪 «Heist» 0:1 «Antverpen»

Belgiya kubogining 1/16 final bosqichida Muhammadali O‘rinboyev faoliyat olib borayotgan «Antverpen» safarda «Heist»ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Uchrashuvning 64-daqiqasida Somers tomonidan kiritilgan yagona gol «Antverpen»ga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa jamoa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 💯 1
More from @uzasport
  1. Oct 18, 2026Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi Hamyurtimiz ha…
  2. Oct 18, 2026⭐️ Legionerlarimiz: Shomurodov va Fayzullayevni Turkiyada, Hamrobekovni Eronda, Behruzni e…
  3. Oct 18, 2026📅 Bugungi oʻyinlar jadvali bilan tanishing 🇺🇿 LEGIONERLARIMIZ 🇨🇭 Shveytsariya kubogi…
  4. Oct 18, 2026⚽️ Yevropa futboli: kechagi uchrashuvlar natijalari 17-oktabr kuni Yevropaning kuchli besh…
  5. Oct 17, 2026Holandning dubli «Manchester Siti»ga uch ochko keltirdi (GOLLAR VIDEOSI) Angliya Premyer-l…
  6. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🔵«Buxoro» kambek qayd etdi, 🟡«Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi Futbo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →