🇪🇸 «Barselona» 58 yillik rekordni takrorladi: kataloniyaliklar 🇪🇸 «Real Madrid» natijasiga tenglashdi
Ispaniya La Ligasining 2026/2027-yilgi mavsumida «Barselona» ketma-ket to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, Madridning «Real» klubi rekordini takrorladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
17-oktabr kuni chempionatning 9-turi doirasida «Betis» mehmoni bo‘lgan kataloniyaliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, «Barselona» mavsumning dastlabki to‘qqizta uchrashuvida maksimal 27 ochko jamg‘ardi. Jamoa mazkur bahslarda raqiblar darvozasiga 39 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bungacha Madridning «Real» klubi 1968/1969-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining dastlabki to‘qqiz turida ketma-ket g‘alaba qozongan edi. O‘shanda madridliklar to‘qqizta uchrashuvda 21 ta gol urgan.
Hozirda «Barselona» 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Kataloniyaliklar navbatdagi turda, 25-oktabr kuni «Real Madrid»ni qabul qiladi. «Qirollik klubi» esa ayni paytda bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 18 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6461
1.24K

- ❤ 3
- 🔥 2
- 🤔 1
- 💯 1