TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.36K subscribers
Post #6464 1.42K
Erling Holand 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 APL tarixida yangi rekord o‘rnatdi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasida penaltidan tashqari urilgan gollar sonini 100 taga yetkazgan eng tezkor futbolchiga aylandi.

Norvegiyalik hujumchi ushbu natijaga erishish uchun atigi 139 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bu APL tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Holand mazkur marrani Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan «Ipsvich»ga qarshi uchrashuvda zabt etdi. «Manchester Siti» uchrashuvda raqibini 3 ta gol urib mag‘lub etdi. Hujumchi esa ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ma’lumot uchun, Erling Holand 2022-yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «Manchester Siti»ga transfer qilingan.

«Shaharliklar» Angliya chempionatining navbatdagi turida «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 🔥 2
More from @uzasport
  1. Oct 18, 2026«Aral» 25 yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytdi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-liga…
  2. Oct 18, 2026Muhammad Saloh: deyarli har kuni shaxmat o‘ynayman Turkiyaning «Trabzonspor» klubida to‘p…
  3. Oct 18, 2026Futbolda yangilik: sariq va qizil kartochkalarning elektron shakli sinovdan o‘tkazildi Jah…
  4. Oct 18, 2026Diyora Keldiyorova: hozir men butunlay boshqa, yangi Diyoraman Dzyudo bo‘yicha Parij Olimp…
  5. Oct 18, 2026Rafinya «Barselona» tarixida Neymar natijasini takrorladi «Barselona»ning braziliyalik huj…
  6. Oct 18, 2026Devid Bekxem 🌐 FIFA prezidentligi uchun Janni Infantinoga raqib bo‘lishi mumkin Angliya t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →