TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.37K subscribers
Post #6460 1.14K
Rivaldo: 🇧🇷 «Braziliya 2030-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, bu mo‘jiza bo‘ladi»

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, 2002-yilgi jahon chempioni Rivaldo milliy jamoaning 2030-yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Afsonaviy futbolchining ta’kidlashicha, Braziliya terma jamoasi uchun navbatdagi mundialda chempionlikni qo‘lga kiritish nihoyatda murakkab vazifa bo‘ladi.

«Bu juda qiyin bo‘ladi. Bu yil Braziliyada terma jamoaning ishtiroki ko‘pchilikning hafsalasini pir qildi. Hozir jamoa tarkibi yangilandi. Agar Braziliya 2030-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, bu haqiqiy mo‘jiza bo‘ladi»,

— dedi Rivaldo.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi tarixda besh marta jahon chempioni bo‘lgan. «Selesao» so‘nggi bor 2002-yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada o‘tkazilgan mundialda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. O‘sha chempionatda Rivaldo ham Braziliya terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 👌 1
More from @uzasport
  1. Oct 18, 2026Devid Bekxem 🌐 FIFA prezidentligi uchun Janni Infantinoga raqib bo‘lishi mumkin Angliya t…
  2. Oct 18, 2026⚽️ Superligada muxlislar tashrifi bo‘yicha mavsum rekordi yangilandi Futbol bo‘yicha O‘zbe…
  3. Oct 18, 2026🇪🇸 «Barselona» 58 yillik rekordni takrorladi: kataloniyaliklar 🇪🇸 «Real Madrid» natija…
  4. Oct 18, 2026Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi Hamyurtimiz ha…
  5. Oct 18, 2026⭐️ Legionerlarimiz: Shomurodov va Fayzullayevni Turkiyada, Hamrobekovni Eronda, Behruzni e…
  6. Oct 18, 2026📅 Bugungi oʻyinlar jadvali bilan tanishing 🇺🇿 LEGIONERLARIMIZ 🇨🇭 Shveytsariya kubogi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →