⚽️ Superliga: «Andijon» revansh olishga intiladi, OKMK esa G‘uzorda uch ochko uchun kurashadi
Bugun, 15-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turiga start beriladi. Kun dasturidan ikkita uchrashuv o‘rin olgan. Andijonda «Qizilqum» mehmon bo‘lsa, G‘uzorda «Mash’al» OKMKni qabul qiladi.
Har ikkala bahs ham soat 19:00 da boshlanadi.
🔵 «Andijon» — «Qizilqum» 🔴
🏟 «Bobur Arena», Andijon
⏰ 19:00
Turning dastlabki uchrashuvlaridan biri turnir jadvalida yonma-yon borayotgan «Andijon» va «Qizilqum» o‘rtasida kechadi.
23 ta uchrashuvdan so‘ng har ikki jamoa hisobida 30 ochkodan mavjud. «Andijon» 9-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, «Qizilqum» 10-o‘rinda bormoqda.
Jamoalarning birinchi davradagi qarama-qarshiligi 4-mart kuni Navoiyda bo‘lib o‘tgan va unda «Qizilqum» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘sha uchrashuvda mezbonlardan Jambul Jiga uri va Islom Kenjaboyev gol urgan, andijonliklarning yagona goliga esa Sandro Andronikashvili mualliflik qilgan.
Bugungi bahs «Andijon» uchun birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini olish imkoniyati bo‘lsa, «Qizilqum» mavsumdagi ikkinchi o‘zaro uchrashuvda ham ustun kelishga intiladi.
Jamoalarning ochkolari tengligi ushbu qarama-qarshilikning turnir jadvalidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
🔵 «Mash’al» — OKMK 🟡
🏟 G‘uzor
⏰ 19:00
Kunning ikkinchi bahsida turnir jadvalining turli qismlarida borayotgan jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi.
Olmaliqning OKMK jamoasi 23 uchrashuvdan keyin 36 ochko jamg‘arib, 7-pog‘onani egallab turibdi. «Mash’al» esa 23 o‘yinda 4 ochko to‘plagan holda 16-o‘rindan joy olgan.
Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi 27-iyul kuni Olmaliqda o‘tkazilgan. Unda OKMK «Mash’al» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Bugungi bahsda «Mash’al» o‘z maydonida muvaffaqiyatsiz natijalar seriyasiga barham berishga harakat qiladi. OKMK esa turnir jadvalidagi mavqeini mustahkamlash uchun navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6401
1.53K

- ❤ 1
- 👍 1