TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.43K subscribers
Post #6404 1.23K
PSJ va «Manchester Yunayted» «Barselona» himoyachisi Erik Garsiyaga qiziqish bildirmoqda

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiboriga tushgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Fransiyaning PSJ hamda Angliyaning «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Nyukasl» va «Aston Villa» ham himoyachining xizmatlaridan foydalanish istagida.

Xabarlarga ko‘ra, mazkur klublar Garsiya transferi uchun 70 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor. Futbolchiga bo‘lgan yuqori talab uning Kataloniya klubidagi kelajagini savol ostida qoldirishi mumkin.

Joriy mavsumda Erik Garsiya barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 👍 3
More from @uzasport
  1. Oct 15, 2026Saudiya Arabistoni JCH-2034 uchun beshta stadion qurish rejasidan voz kechishi mumkin Saud…
  2. Oct 15, 2026Goal Chempionlar ligasining yangi favoritlar reytingini e’lon qildi Yevropa Chempionlar li…
  3. Oct 15, 2026Erling Holand Chempionlar ligasida ingliz klublari to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ring…
  4. Oct 15, 2026🇪🇺 Yevropa Chempionlar ligasi: 2-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat bilan tanishing…
  5. Oct 15, 2026⚽️ Superliga: «Andijon» revansh olishga intiladi, OKMK esa G‘uzorda uch ochko uchun kurash…
  6. Oct 15, 2026Luis Enrike: «Yaxshi natijaga erishdik, ammo o‘yinimizni yanada yaxshilashimiz kerak» Fran…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →