FIFA: 🇦🇷 Argentina JCH-2026 davomida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p haqoratga uchragan terma jamoa bo‘ldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Argentina milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati davomida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p haqoratli va ayblov mazmunidagi xabarlarga duch kelgan terma jamoa bo‘ldi.
FIFAning Ijtimoiy tarmoqlarda himoya qilish xizmati (SMPS) sun’iy intellekt yordamida X, Instagram, Facebook va TikTok platformalaridagi 17,1 milliondan ortiq xabar va izohlarni tahlil qilgan.
Tahlil natijasida 477 mingdan ziyod xabar qo‘shimcha tekshiruvga yuborilgan. Ulardan 240 mingdan ortig‘i haqoratli mazmunga ega ekani tasdiqlangan.
Hisobotga ko‘ra, Argentina terma jamoasiga yo‘naltirilgan salbiy xabarlarning katta qismi korrupsiya va hakamlar tomonidan ehtimoliy yon bosish haqidagi ayblovlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Xususan, Lionel Messi boshchiligidagi jamoaga nisbatan hakamlar va VAR qarorlari yuzasidan turli e’tirozlar bildirilgan. Shuningdek, Argentina futbolchilarining Ispaniyaga qarshi final uchrashuvidan keyingi xatti-harakatlari hamda Angliyaga qarshi yarim finaldan so‘ng Malvin (Folklend) orollari masalasida yuzaga kelgan bahslar ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Argentina terma jamoasidan keyin Angliya, Ispaniya, Braziliya va Norvegiya terma jamoalari eng ko‘p salbiy xabarlarga duch kelgan.
FIFA mazkur hisobotni 9-oktabr kuni, Jahon ruhiy salomatlik kuni arafasida e’lon qildi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6312
1.63K

- 😁 8
- 👎 1
- 🏆 1